10:47
"Tabiatni asraylik "

Har yili  22- aprelda  Xalqaro Yer kuni -bayrami nishonlanadi .Ushbu sanaga bag‘ishlanib  Angren shahar tarixi muzeyida "Tabiatni asraylik " nomli tadbir o‘tkazildi . 
Tadbirda shahrimizdagi   21- maktab o‘qituvchisi T.S.Tagayeva   o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Ona zamin insonning beshigi ekanligini yaralish va yashash imkoni faqat shu yerdagina amalga oshirilishi shu bilan birga ona- tabiatni asrash unga ozor bermaslik, ekologik muvozanatni asrash ,  o‘z tevarak - atrofimizni pokiza tutish bizning asosiy vazifalarimiz ekanligi takidlandi. O‘quvchilar tadbir davomida tabiat bilan bog‘liq manzaralarni chizishdi.Ular o‘zlari tasvirlagan rasmlarda ona zaminni asrash va shu o‘rinda beetibor bo‘lmaslikni ko‘rsatishga intildilar.
Tadbir so‘ngida har bir o‘quvchilar o‘zi chizgan suratni izohlab berdi va ularning har biri ishtirokchilar  olqishlariga sazavor bo‘ldi.
 Muzey ma‘muryati o‘quvchilar chizgan sur‘atlar asosida ko‘rgazma tashkil etishni reja qilib,  tadbir ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

Ko'rishlar: 11 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar